add

Texnogigantlar 2026-yilda sun’iy intellektga qancha sarmoya kiritishi ma’lum bo‘ldi

Alphabet, Amazon, Meta va Microsoft 2026-yilda sun’iy intellekt sohasidagi raqobatni jadallashtirish uchun jami qariyb 650 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda.

Texnogigantlar 2026-yilda sun’iy intellektga qancha sarmoya kiritishi ma’lum bo‘ldi

Amazon, Alphabet, Meta va Microsoft sun’iy intellekt infratuzilmasiga rekord darajada sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu mablag‘lar, asosan, yangi ma’lumotlar markazlari qurilishi hamda ularni ishlatish uchun zarur bo‘lgan uskunalar, jumladan yuqori quvvatli chiplar xaridiga yo‘naltiriladi.

Bloomberg nashri ma’lum qilishicha, to‘rtta kompaniyaning har biri 2026-yil uchun rekord darajadagi kapital xarajatlarni belgilagan. Umumiy sarf hajmi 2025-yilga nisbatan taxminan 60 foizga oshishi kutilmoqda. Bu esa sun’iy intellekt hisoblash quvvatlariga bo‘lgan talabning keskin o‘sib borayotganini ko‘rsatadi.

DA Davidson tahlilchisi Gil Luriyaga ko‘ra, mazkur kompaniyalar sun’iy intellekt hisob-kitoblarini taqdim etish bozorini «g‘olib hamma narsani oladigan» yangi segment sifatida qabul qilmoqda. Uning ta’kidlashicha, ularning hech biri ushbu poygada ortda qolishni istamaydi.

Eng ko‘p sarmoyani qaysi kompaniya yo‘naltirmoqda

Alohida kompaniyalar kesimida qaralganda, Meta 2026-yilda taxminan 135 mlrd dollar kapital sarflashi mumkin, bu esa yillik 87 foizlik o‘sishni anglatadi. Microsoft esa 2026-yil iyunigacha 105 mlrd dollar ajratishni rejalashtirib, xarajatlarini 66 foizga oshiradi.

Alphabet’ning kapital xarajatlari 185 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda va bu 2025-yil ko‘rsatkichlaridan ikki barobar yuqori. Eng katta sarmoyani Amazon rejalashtirib, 2026-yilda taxminan 200 mlrd dollar sarflamoqchi, bu yillik hisobda 50 foizlik o‘sishni tashkil etadi.

Shu bilan birga, Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHdagi 20 dan ortiq yirik kompaniya, jumladan Walmart, Exxon Mobil va Intel ham 2026-yilda jami 180 mlrd dollarga yaqin mablag‘ni turli investitsiya loyihalariga yo‘naltiradi.

Teglar

Mavzuga oid