Tinchlik kengashi G‘azo uchun steyblkoin yaratish rejasini o‘rganmoqda — «Financial Times»

AQSHdagi maslahatchi tuzilma urushdan vayron bo‘lgan hududda raqamli to‘lov infratuzilmasini yaratish imkoniyatini muhokama qilmoqda.

Tinchlik kengashi G‘azo uchun steyblkoin yaratish rejasini o‘rganmoqda — «Financial Times»

«Financial Times» xabariga ko‘ra, Trampning Tinchlik kengashi bilan ishlayotgan amaldorlar G‘azo sektori uchun AQSH dollariga bog‘langan steyblkoin yaratish imkoniyatini dastlabki bosqichda o‘rganmoqda.

Nashr manbalarga tayanib yozishicha, loyiha hali muzokaralar darajasida bo‘lib, uni amalga oshirish mexanizmi va huquqiy jihatlari bo‘yicha ko‘plab savollar ochiq qolmoqda. Kriptovalyuta qanday platformalar orqali tarqatiladi va uni kim nazorat qiladi — bu masalalarga aniqlik kiritilmagan.

Loyihada kimlar ishtirok etadi

Manbalardan biriga ko‘ra, ehtimoliy steyblkoin AQSH dollariga bog‘lanadi. Loyihada Fors ko‘rfazi davlatlarida joylashgan kompaniyalar hamda Falastin kompaniyalari ishtirok etishi mumkin. Bu orqali moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va xalqaro sheriklarni jalb qilish rejalashtirilgan.

«Bu Gaza Coin yoki yangi Falastin valutasi bo‘lmaydi, balki G‘azo aholisiga raqamli tranzaksiyalarni amalga oshirish imkonini beradigan vosita bo‘ladi», — dedi manbalardan biri.

Nashr qayd etishicha, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi ikki yillik urush natijasida G‘azo sektori iqtisodiyoti keskin pasaygan. An’anaviy bank tizimlari va to‘lov infratuzilmasi jiddiy zarar ko‘rgan, naqd pul aylanmasi cheklangan.

Shu sharoitda raqamli valuta tashabbusi moliyaviy operatsiyalarni tiklash va gumanitar yordam taqsimotini shaffoflashtirish vositasi sifatida ko‘rilmoqda. Biroq loyiha siyosiy, texnik va huquqiy to‘siqlar tufayli hali noaniqlik bosqichida qolmoqda.

Teglar

Mavzuga oid