
Toshkentning katta qismi «svet»siz qoldi
17.06.2025 | 22:3043101
Bugun, 21:00 da Toshkentdagi «Sokin» podstansiyasida texnik nosozlik yuzaga keldi. Oqibatda Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlarining ayrim qismlari elektr ta’minotisiz qolgan.

Bugun, soat 21:00 da Toshkent shahridagi «Sokin» podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, nosozlik sabab Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
“Hozirgi vaqtda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.





