
Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi, ammo ba’zi cheklovlar saqlanadi
01.07.2025 | 12:2011942
AQSH Prezidenti Donald Tramp Suriyaga nisbatan qo‘llanilayotgan iqtisodiy sanksiyalarni 1 iyuldan bekor qilish to‘g‘risida farmon imzoladi. Ammo inson huquqlari buzuvchilari va Bashar Asad atrofidagilarga nisbatan cheklovlar kuchida qoladi.
Donald Tramp Suriyaga qarshi amal qilgan sanksiyalarni bekor qilish haqidagi qarorni qabul qildi. Oq uy bayonotiga ko‘ra, ushbu qadam Suriyada barqarorlik va tinchlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Sanksiyalarning bekor qilinishi Suriyaning iqtisodiy blokadadan chiqishiga yo‘l ochadi. Biroq, Tramp ta’kidlaganidek, inson huquqini buzgan shaxslar, giyohvand moddalar savdosida ishtirok etuvchilar, kimyoviy qurollar bilan bog‘liq shaxslar, shuningdek, sobiq Prezident Bashar Asad va uning yaqinlari bundan mustasno bo‘ladi. Ularning manfaatlariga qaratilgan barcha cheklovlar o‘z kuchida qoladi.
Tramp Davlat kotibi Marko Rubioga Suriyaning «terrorizmga homiylik qiluvchi» davlat maqomini qayta ko‘rib chiqish va BMTda sanksiyalarni yumshatish masalasini muhokama qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
Oq uyga ko‘ra, bu qaror xalqaro hamjamiyatning Suriyada tinchlik va barqarorlikni tiklash harakatlariga qo‘shimcha rag‘bat beradi.





