add

Turkiya va Rossiyadan og‘ir ahvolda qolgan 21 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

08.08.2025 | 15:5040263

«Vatanga qaytarish» aksiyasi doirasida Turkiya va Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar Migratsiya jamg‘armasi yordamida yurtga olib kelindi.

Turkiya va Rossiyadan og‘ir ahvolda qolgan 21 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
«Vatanga qaytarish» xayriya insonparvarlik aksiyasi doirasida Turkiya va Rossiyada qiynalgan holatda qolgan 21 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston diplomatlari Turkiyaning Mersin viloyatida yashovchi vatandoshlar bilan uchrashib, sayyor konsullik qabulini o‘tkazdi. Qabul jarayonida 18 nafar fuqaroga Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aviachipta xarid qilinib, Uzbekistan Airways charter reysi orqali Antaliya — Toshkent yo‘nalishida yurtga olib kelindi. Shuningdek, Rossiyaning Novosibirsk shahrida bo‘lgan uch nafar o‘zbekistonlikka O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi ko‘magida vatanga qaytish sertifikatlari rasmiylashtirildi. Ular 4 avgust kuni Uzbekistan Airways samolyoti bilan yurtga kuzatildi. 30 iyuldan boshlangan «Vatanga qaytarish» aksiyasi 30 avgustgacha davom etadi. Loyiha doirasida AQSH, Janubiy Koreya, Rossiya va yana 5 davlatdagi deportatsiya markazlarida saqlanayotgan o‘zbekistonlik ayollar va bolalar yurtga qaytarilishi rejalashtirilgan. Tashkilotchilar ma’lum qilishicha, 7 avgustga qadar 30 dan ziyod elchixona va konsulliklar xorijdagi deportatsiya markazlaridagi fuqarolar ro‘yxatini Migratsiya agentligiga taqdim etadi. Keyin 15 avgustgacha zarur hujjatlar tayyorlanadi va aviachiptalar xarid qilinadi. Shuningdek, fuqarolar bevosita agentlikka murojaat qilsa, ariza bir kunda ko‘rib chiqilib, ikki kun ichida yo‘l chiptasi bilan ta’minlanadi.

Teglar

Mavzuga oid