Uy-joy uchun ipoteka: qaysi banklar eng past foizli kreditlarni taklif qilmoqda?
O‘zbekistonda Markaziy banki banklar kesimida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.
© © Foto: spot.uzO‘zbekiston Markaziy banki 2026-yil 18-may holatiga ko‘ra, banklar kesimida aholiga ajratilayotgan ipoteka kreditlari bo‘yicha yangilangan foiz stavkalarini e’lon qildi.
Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 22,6 foizni tashkil etgan. Banklar o‘rtasidagi farq hanuz sezilarli bo‘lib, eng past va yuqori ko‘rsatkichlar orasida 6 foizdan ortiq tafovut saqlanib qolmoqda.

Eng past foiz stavkasi 19,9 foiz bilan «Infinbank» va «Milliy bank» tomonidan taklif etilmoqda. Shuningdek, «SQB» 20,8 foiz, «Ipoteka bank» 21,6 foiz, «Asakabank» 21,7 foiz hamda «Orient Finans Bank» 21,8 foizdan ipoteka kreditlarini taqdim etmoqda. «Hamkorbank»da bu ko‘rsatkich 22,0 foizni tashkil etgan.
O‘rta diapazondagi banklar qatoriga «Agrobank» (22,2 foiz), «Xalq banki» (23,2 foiz), «BRB» (23,3 foiz), «Aloqabank» (24,0 foiz) va «Ipak Yuli bank» (24,5 foiz) kiradi. Shuningdek, «Mikrokreditbank» 24,7 foiz hamda «Openbank» 25,0 foiz stavka bilan ipoteka kreditlarini taqdim etmoqda.
Yuqori segmentda esa stavkalar 25 foizdan yuqori bo‘lib qolmoqda. Jumladan, «Trastbank» 25,1 foiz, «Turon bank» 25,9 foiz hamda «Asia Alliance bank», «Universal bank» va «Davr bank» 26,0 foizdan ipoteka kreditlari taklif etmoqda.





