Logo

Uy-joy uchun ipoteka: qaysi banklar eng past foizli kreditlarni taklif qilmoqda?

Bugun 17:242 daqiqa

O‘zbekiston Markaziy bankining 2026-yil 8-iyun holatiga ko‘ra, aholi uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasini e’lon qildi.

Uy-joy uchun ipoteka: qaysi banklar eng past foizli kreditlarni taklif qilmoqda? © istock

O‘zbekiston Markaziy bankining 2026-yil 8-iyun holatiga ko‘ra, aholi uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasini e’lon qildi. Yangi haftada ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 22,2 foizni tashkil etgan. Reytingda banklar o‘rtasidagi farq sezilarli bo‘lib, eng past va eng yuqori stavkalar o‘rtasida 8 foizga yaqin tafovut kuzatilmoqda.

Eng past ipoteka foiz stavkasini 18,0 foiz bilan «OFB» taklif qilmoqda. Shuningdek, «Milliy bank»da ipoteka krediti 19,6 foiz, «Asaka bank»da 20,1 foiz va «SQB»da 20,9 foizdan ajratilmoqda. «Aloqabank» 21,0 foiz, «Ipoteka bank» 21,7 foiz, «Hamkorbank» va «Agrobank» esa 21,9 foiz stavka bilan ipoteka kreditlarini taqdim etmoqda.

O‘rta diapazondagi banklar qatoriga «BRB» (23,0 foiz), «Xalq banki» (23,2 foiz) va «Ipak Yo‘li bank» (23,5 foiz) kiradi. Shuningdek, «Trastbank» 24,2 foiz, «Infinbank» va «Mikrokreditbank» 24,8 foiz stavka bilan ipoteka kreditlarini taklif etmoqda.

Yuqori segmentda esa stavkalar 25 foiz va undan yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Jumladan, «Openbank» 25,0 foiz, «Davr bank» 25,6 foiz hamda «Universal bank», «Asia Alliance Bank» va «Turon bank» 26,0 foiz stavkada ipoteka kreditlarini ajratmoqda.

Eng yuqori ipoteka foiz stavkalari «Universal bank», «Asia Alliance Bank» va «Turon bank» hissasiga to‘g‘ri kelib, ularda kreditlar 26,0 foizdan taklif etilmoqda. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 22,9 foizni, yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha esa 23,0 foizni tashkil etgan.

rasm

Teglar

Mavzuga oid

Uy-joy uchun ipoteka: qaysi banklar eng past foizli kreditlarni taklif qilmoqda? | Vaqt.uz