add

«UzAuto Motors» tanlovida g‘olib va zaxira g‘olib bir xil manzilda joylashgani aniqlandi

30.06.2025 | 18:2020183

«UzAuto Motors» tomonidan yong‘indan xabar berish va signalizatsiya tizimiga xizmat ko‘rsatish uchun o‘tkazilgan tanlovda g‘olib va zaxira g‘olib deb topilgan shirkatlarning pochta manzili bir xil ekani ma’lum bo‘ldi.

«UzAuto Motors» tanlovida g‘olib va zaxira g‘olib bir xil manzilda joylashgani aniqlandi
«UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyati yong‘indan xabar berish va signalizatsiya tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshlang‘ich qiymati 450,2 million so‘m bo‘lgan tender e’lon qildi. Elektron tender platformasidagi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tanlovda ikki talabgor ishtirok etgan. Tender natijalariga ko‘ra, eng past narx — 436,8 million so‘m taklif etgan «MONTAJSPETCSTROY» xususiy korxonasi g‘olib deb topilgan. Ikkinchi ishtirokchi — «MAXSUS TEXNO SANOAT» MCHJ esa zaxira g‘olibi bo‘lgan. Ochiq manbalarda keltirilishicha, «MONTAJSPETCSTROY» XK Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko‘chasi, 12A-uyda joylashgan. Qizig‘i shundaki, «MAXSUS TEXNO SANOAT» MCHJ litsenziyasida ham aynan shu manzil uning rasmiy pochta manzili sifatida ko‘rsatilgan. Bu holat tanlovda ishtirok etgan ikki shirkat o‘rtasida aloqadorlik bo‘lishi ehtimoli haqida savollarni paydo qildi. Bir xil manzildan ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar tender shaffofligi yuzasidan bahslarga sabab bo‘lishi mumkin. Hozircha mazkur holat bo‘yicha rasmiy izoh berilmagan.

Teglar

Mavzuga oid