add

Vazirlik xodimi ayolga jinsiy aloqa evaziga lavozim taklif qildi

09.09.2025 | 21:2042683

Ayol kishiga jinsiy aloqa taklif etib, evaziga sertifikat olib berish va maktab direktori etib tayinlashni va’da qilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi ishdan olindi.

Vazirlik xodimi ayolga jinsiy aloqa evaziga lavozim taklif qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi H.H.ga tegishli ekani aytilgan audio yozuv tarqaldi. Audiodagi yozuvda xodim ayol kishiga qarata menejerlik sertifikatini olish va maktab direktori sifatida ishga joylashishda yordam berish evaziga u bilan jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan. «Sertifikatni olib beraman. Hasan akang bor, qo‘rqma. Keyin o‘zim seni bir yaxshi maktabga direktor qilib qo‘yaman. Direktor bo‘lishingga o‘zim yordam beraman», - degan erkak. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova holat yuzasidan munosabat bildirib, audioxabardagi ovoz haqiqatdan ham vazirlik xodimiga tegishli ekanini tasdiqladi. Unga ko‘ra, mazkur xodim lavozimidan ozod qilingan. «Aytish lozimki, vazirlik sohaga doir korrupsion holatlar hamda manfaatlar to‘qnashuviga mutlaqo qarshi. Shuningdek, tizimda mehnat qilayotgan barcha xodimlarning kasbiy odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishi tarafdori. Shu kabi noqonuniy vaziyatlarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda qat’iy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi», - degan Dilfuza Sobirova.

Teglar

Mavzuga oid