add

Vladivostokda avtomashinalarga utilizatsiya yig‘imi oshirilishiga qarshi yirik namoyish bo‘lib o‘tdi

11.10.2025 | 22:0210444

Rossiyaning Vladivostok shahrida yuzlab odamlar utiliziatsiya yig‘imining oshishiga qarshi chiqdi. Bu shahardagi bu qadar yirik norozilik aksiyasi 2021 yildan beri kuzatilmagan edi.

Vladivostokda avtomashinalarga utilizatsiya yig‘imi oshirilishiga qarshi yirik namoyish bo‘lib o‘tdi
Rossiyaning Vladivostok shahrida avtomobillarga utilizatsiya yig‘imining oshirilishiga qarshi yirik norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Aksiya shaharning Yoshlar uyi oldida o‘tkazilib, o‘tgan yillardagi eng ommaviy norozilik namoyishlaridan biri bo‘ldi. Hudud politsiya tomonidan to‘liq o‘rab olingan, metall detektor ramkalari o‘rnatilgan va ishtirokchilar batafsil tekshiruvdan o‘tkazilganiga qaramay, mitingga 500 dan ortiq kishi yig‘ildi. Norozilar «Hukumat, odamlar haqida o‘yla, yig‘im haqida emas!», «Men vatanparvarman, lekin ahmoq emasman!», «Util bor, zavodlar qayerda?», «Avvalo yo‘llar, keyin yig‘imlar!» kabi yozuvlar bilan chiqishdi. Namoyishchilar hukumatni avtosanoatni rivojlantirishdagi mutlaqo omadsizlikda aybladi. «Utilizatsiya yig‘imi 15 yil avval joriy qilingan. Agar avtopromni qo‘llab-quvvatlash niyat bo‘lsa, shuncha vaqt ichida raqobatbardosh avtomobil yaratish mumkin edi. Lekin ular yana xarajatni xalq yelkasiga yuklamoqda», — dedi miting ishtirokchilaridan biri. Aksiyada ishtirok etgan faollar Bosh vazir Mixail Mishustinga yig‘imni bekor qilish haqida murojaat yo‘llash uchun imzo to‘plashni boshladilar. Namoyishni RFKP deputatlari Aleksandr Sustov va Oleg Grigoryev tashkil etgan. Avvalgi arizani mahalliy hokimiyat sanitar talablarni bahona qilib rad etgandi, ammo faollar byurokratik to‘siqni aylanib o‘tib, 498 ishtirokchiga mo‘ljallangan ikkinchi ariza orqali ruxsat oldilar. 1 noyabrdan boshlab Rossiyada utilizatsiya yig‘imining yangi formulasi kuchga kiradi — unda dvigatel quvvati soliq hisob-kitobiga qo‘shiladi. Bu esa mashinalar narxi keskin oshib ketishiga va ayrim modellarning bozordan yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid