add

Xorijiy investorlar kengashi huzurida yangi kotibiyat tuziladi

O‘zbekistonda xorijiy sarmoyalarni jalb etishga qaratilgan muhim tashkiliy o‘zgarish amalga oshmoqda. Prezident qaroriga asosan, Xorijiy investorlar kengashi huzurida yangi kotibiyat tashkil etildi.

Xorijiy investorlar kengashi huzurida yangi kotibiyat tuziladi
Yangi tuzilma nodavlat notijorat tashkiloti sifatida faoliyat yuritadi. Uning asosiy vazifalari qatorida mamlakatdagi investitsiya muhitini yaxshilash, xorijiy investorlarni jalb etish va bu borada tegishli takliflar ishlab chiqish kabi yo‘nalishlar belgilangan. Kotibiyat xorijiy investorlar bilan bevosita muloqot olib borish, loyihalarga sarmoya jalb qilish, mahalliy va xalqaro kompaniyalar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishni o‘z zimmasiga oladi. Shuningdek, u Kengash faoliyatini davlat idoralari bilan muvofiqlashtirib boradi. Tashkilot tarkibiga xalqaro moliya institutlari ham jalb etilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu bilan mamlakatdagi sarmoyaviy siyosatga xalqaro tajriba va nazorat mexanizmlari integratsiya qilinishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid