Yarim yilda Toshkent metropolitenidan 155,6 mln yo‘lovchi foydalangan
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 7 foizga oshgan.
© Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva2026-yilning yanvar-iyun oylarida metropoliten orqali 155,6 mln nafar yo‘lovchi tashilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Agar yilning ikkinchi yarmida ham shu sur’at saqlansa, yillik yo‘lovchilar soni 300 mln nafardan oshishi mumkin. Bu esa Toshkent metrosi tarixidagi eng yuqori natija bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda metro yo‘lovchilari soni izchil o‘sib bormoqda. 2020-yilda pandemiya sabab bu ko‘rsatkich 38,8 mln nafargacha tushib ketgan bo‘lsa, keyingi yillarda tez tiklanish kuzatildi.
2021-yilda 101,8 mln, 2022-yilda 136,7 mln, 2023-yilda 172 mln, 2024-yilda esa 270,3 mln nafar yo‘lovchi tashilgan. 2025-yilda esa ushbu ko‘rsatkich yana oshib, 286,8 mln nafarga yetdi.





