Yerda topilgan o‘zga sayyoraliklar haqidagi tafsilotlar aytildi: Ularning 4 xil turi mavjudligi da’vo qilinmoqda
Xabarga ko‘ra, ularning barchasi ikki qo‘l va ikki oyoqqa ega bo‘lib, tashqi ko‘rinishidan odamsimon shakldadir.

AQSH hukumati halokatga uchragan noma’lum uchib yuruvchi jismlardan (NUJ) to‘rtta turli xildagi o‘zga sayyoralik hayot shakllarini qo‘lga kiritgan. Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) tomonidan moliyalashtirilgan sobiq tadqiqotchi doktor Xel Putxoff shunday sensatsion da’vo bilan chiqdi.

Ilg‘or aviakosmik qurol tizimlarini qo‘llash dasturi sobiq maslahatchisi, 89 yoshli Putxoff ushbu bayonotni «Vaqt oshkorlik davri» (Age of Disclosure) hujjatli filmi rejissyori Den Farra bilan birgalikda Stiv Bartlettning «Ijrochi direktor kundaligi» (The Diary of a CEO) podkastida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, NUJlarni olib chiqish operatsiyalarida bevosita qatnashgan shaxslar kamida to‘rt turdagi biologik hayot mavjudligini tasdiqlashgan.
Stenford universitetida tahsil olgan kvant fizigi o‘zga sayyoraliklarning turlariga to‘xtalmagan bo‘lsa-da, uning uzoq yillik hamkasbi doktor Erik Devis o‘tgan yili ushbu mavjudotlarni «Greylar» (kulranglar), «Nordiklar», «Insektoidlar» (hasharotsimonlar) va «Reptiloidlar» deb atagan edi.
Razvedka hisobotlariga tayanib aytilishicha, ularning barchasi ikki qo‘l va ikki oyoqqa ega bo‘lib, tashqi ko‘rinishidan odamsimon shakldadir:
• Nordiklar: Shimoliy Yevropa aholisiga juda o‘xshash bo‘lgan, inson qiyofasidagi mavjudotlar.
• Reptiloidlar: Tangchali teriga ega, odamsimon qo‘l-oyoqli va uzun dumli, tik yuruvchi kaltakesaksimon mavjudotlar.
• Greylar: Kichik jussali, sochsiz va katta ko‘zli mavjudotlar bo‘lib, ular ko‘pincha fantastik filmlarda tasvirlanadi.
• Insektoidlar (Mantidlar): Ko‘rinishidan ko‘proq qurt-kumusqalarga, xususan, daraxt zanjiriga (bogomol) o‘xshab ketuvchi hasharotsimonlar.
Avvalroq, 2023 yilda AQSH Harbiy-havo kuchlari razvedkasi sobiq ofitseri Devid Grash ham Kongressdagi chiqishida AQSH ixtiyorida halokatga uchragan o‘nlab NUJlardan topilgan «insonga tegishli bo‘lmagan biologik materiallar» borligini ta’kidlagan edi.





