add

Zangiotada bolalarga noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxslarga jinoyat ishi ochildi

Bugun 14:151 daqiqa

Ular 15 nafar voyaga yetmagan bolani noqonuniy hujralarda o‘qitib kelgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayblanuvchilar bir bola uchun 300 dollargacha pul olgan va ularga nisbatan jismoniy tazyiq o‘tkazgan.

Zangiotada bolalarga noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxslarga jinoyat ishi ochildi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Zangiota tumanining Chinor mahallasida yashovchi 44 yoshli shaxs va uning 65 yoshli xolasi ikki xonadonda noqonuniy ta’lim berish bilan shug‘ullangan. Ular yetarli diniy bilimga ega bo‘lmagan, shuningdek, tegishli ruxsatnomalarsiz faoliyat yuritgan.

2_6982cf6b5e0066.73848699

Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi xonadonda 10 nafar, ikkinchisida esa 5 nafar voyaga yetmagan bola yashash va ta’lim olish uchun joylashtirilgan. Tergov jarayonida har bir bola uchun oyiga 1 million so‘mdan 300 dollargacha mablag‘ undirilgani aniqlangan. Shuningdek, ayrim holatlarda bolalarga nisbatan jismoniy tazyiq o‘tkazilgani to‘g‘risida dalillar mavjudligi ma’lum qilindi. Bu holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan alohida nazoratga olingan.

4_6982cf6b5fe508.94555744

Bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan ota-onalarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilgan.

1hp73ir9hu094k1zWvG17702695237938_b

Noqonuniy diniy ta’lim bilan shug‘ullangan ikki nafar shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229(2)-moddasi, ya’ni diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda ushbu ish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid