2026-yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 180 mlrd dollardan oshishi kutilmoqda
O‘tgan davrda mamlakatga 160 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya kirdi. Iqtisodiyot 2,5 barobardan ziyod ko‘paydi.
© president.uzO‘tgan davrda mamlakatga 160 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya kirdi. Iqtisodiyot 2,5 barobardan ziyod ko‘paydi. Joriy yil yalpi ichki mahsulot hajmi 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 26-avgust kuni Ko‘ksaroy qarorgohidagi tadbirda so‘z ochdi.
Davlat rahbari so‘nggi o‘n yilda xalq bilan hamjihat bo‘lib amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyot tez sur’atlarda barqaror o‘sib borayotganini aytdi. Prezident matbuot xizmatining yozishicha, sanoat tarmoqlari, servis va qishloq xo‘jaligi sohalarida 5 million 700 ming doimiy ish o‘rni yaratildi. Davlat va xususiy sektor ishtirokida 1 million 500 ming o‘rinli zamonaviy maktab, 342 ming o‘rinli bog‘cha va 62 ming o‘rinli shifoxonalar ishga tushirildi.
Qayd etilishicha, odamlarning uzog‘ini yaqin qilish uchun 83 ming kilometr umumiy foydalanishdagi ichki yo‘llar qurildi va ta’mirlandi. Hududlarda 8 million aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi kirib bordi, yana 11,5 million aholining suv ta’minoti yaxshilandi.
«O‘tgan o‘n yilda 650 ming oila yangi zamonaviy uy-joyga ega bo‘ldi. Xalqimizda “Uyli bo‘lish – vatanli bo‘lish” degan naql bor. Shu ma’noda, kamida 2,5 million aholi vatanli bo‘ldi!» — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vaqt.uz so‘nggi o‘n yillikda qaysi sohalar rivojlantirilgani va investitsiya oqimi qanday o‘zgarganini tahlil qilgandi.





