Logo

ABB «Davr Bank»ning 51 foizini 140 mln dollarga sotib oldi

Bugun 16:521 daqiqa

10-sentabr kuni ABB oltita bitim orqali «Davr Bank»ning 51 mln dona oddiy aksiyasini xarid qildi. Har bir aksiya 32 281,28 so‘mdan baholangan.

ABB «Davr Bank»ning 51 foizini 140 mln dollarga sotib oldi © YANDEX MAPS

Ozarbayjon Xalqaro banki (ABB) «Davr Bank» xususiy aksiyadorlik tijorat banki aksiyalarining 51 foizini sotib oldi.

Toshkent Respublika fond birjasida 10-sentabr kuni qayd etilgan bitimlarning umumiy qiymati 1,646 trln so‘mni, ya’ni taxminan 140 mln dollarni tashkil qildi.

Birja ma’lumotlariga ko‘ra, tranzaksiya oltita ketma-ket bitim orqali amalga oshirilgan. ABB jami 51 mln dona oddiy aksiyani har bir aksiya uchun 32 281,28 so‘mdan yagona narxda xarid qilgan.

1



Eslatib o‘tamiz, 8-iyun kunida «Davr bank» aksiyadorlari bankning 51 foiz aksiyasini ABB'ga sotish bo‘yicha bitimni ma’qullagandi. Kelishuvga ko‘ra, nazorat paketi uchun 100 mln dollar to‘lanishi belgilangandi.

23-avgust kuni esa Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ABB'ning «Davr Bank»dagi ulushni sotib olishini rasman e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, «Davr bank»ka 2001-yilda asos solingan. Bank aktivlari taxminan 1 mlrd dollarga teng. Hozirda 1,4 mln nafar mijozga xizmat ko‘rsatadi va mamlakat bo‘ylab 43 ta filialga ega.

Shuningdek, bank «YeBRR», «XMK», «OTB» kabi xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qilib keladi. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, uning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari 30–45 foizga o‘sgan.

iHamkor.uz ma’lumotlariga ko‘ra, bankning aksiyadorlari 8 nafar jismoniy shaxsdan iborat. Asosiy aksiyadorlar Lutfulla Ubayev (42 foiz) va Maxfuza Ubayeva (14,7 foiz) hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid