add

Afg‘onistonda «Mir» kartalari joriy qilinishi mumkin

20.10.2025 | 17:3041842

Afg‘oniston va Rossiya mamlakatda Rossiyaning «Mir» to‘lov tizimi kartalarini qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Afg‘onistonda «Mir» kartalari joriy qilinishi mumkin
Afg‘oniston va Rossiya mamlakatda «Mir» bank kartalarini qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda mamlakatning Rossiyadagi elchisi Gul Hasan Hasan «Izvestiya» gazetasiga ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu savdo aloqalarini rivojlantirish va Rossiyadan sayyohlarni jalb qilishga yordam beradi. «Muzokaralar davom etmoqda. Biz xarid paytida pul o‘tkazmalarining hech qanday to‘siqsiz va muammosiz amalga oshirilishiga ehtiyoj sezmoqdamiz», - dedi elchi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qaror qabul qilishda bir qator qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bular qatoriga Afg‘onistonda bank terminallarining yo‘qligi, shuningdek, 2021 yilda «Tolibon» hokimiyatga qaytganidan so‘ng mamlakatga nisbatan joriy etilgan xalqaro sanksiyalar kiradi.

Teglar

Mavzuga oid