add

Erdo‘g‘an: «Millat sifatida sharmanda bo‘lib yashagandan ko‘ra o‘lishni afzal ko‘ramiz»

18.06.2025 | 08:3048603

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroil-Eron ziddiyati avj olayotgan bir paytda qattiq bayonot bilan chiqdi. U mamlakatning harbiy salohiyati sezilarli darajada oshirilishini e’lon qildi va Yaqin Sharqdagi har qanday xavf-xatarga javob berishga tayyor ekanini bildirdi.

Erdo‘g‘an: «Millat sifatida sharmanda bo‘lib yashagandan ko‘ra o‘lishni afzal ko‘ramiz»
Erdo‘g‘an nutqida Turkiya endi ortiqcha hech qanday tahdidga chidamasligini ta’kidlab, «milliy to‘xtatuvchi kuch» tamoyilini ilgari surdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat endi qurol-yarog‘ tizimlarini ommaviy ishlab chiqarish bosqichiga o‘tmoqda, bu esa harbiy mustaqillikni mustahkamlaydi. «Kan» nomli qiruvchi samolyot Turkiyaning yangi bosqichga ko‘tarilganini ramziy belgisi sifatida keltirildi. Prezident Turkiyaning o‘rta va uzoq masofaga otiladigan raketalar ishlab chiqarish salohiyati ham kengayayotganini ma’lum qildi. Bu nafaqat mudofaa, balki hududiy siyosiy ta’sir nuqtayi nazaridan ham muhim omildir. Erdo‘g‘an, ayniqsa, Isroilning ehtimoliy hujumlari nafaqat Eronga, balki butun mintaqaning xavfsizlik tizimiga ta’sir qilishi haqida ogohlantirdi. «Agar siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va harbiy jihatdan kuchli bo‘lmasangiz, demak, sizda to‘xtatuvchi kuch yo‘q, demak, siz zaif hisoblanasiz», — deya uqtirdi u. Nutqning eng ta’sirli qismida Erdo‘g‘an shunday dedi: «Millat sifatida biz sharmanda bo‘lib yashagandan ko‘ra o‘lishni afzal ko‘ramiz. Yer yuzida sharmanda bo‘lib yashagandan ko‘ra, yer ostida sharaf bilan yotish afzalroqdir».

Teglar

Mavzuga oid

Erdo‘g‘an: «Millat sifatida sharmanda bo‘lib yashagandan ko‘ra o‘lishni afzal ko‘ramiz» | Vaqt.uz