Logo

Farg‘onada noqonuniy kriptoaktivlar savdosi bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi

Kecha 17:171 daqiqa

Surishtiruvlar davomida gumonlanuvchi umumiy qiymati 500 ming AQSH dollariga teng USDT kriptoaktivlari bilan noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirgani aniqlangan.

Farg‘onada noqonuniy kriptoaktivlar savdosi bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi © Видеодан кадр

Farg‘ona viloyatida noqonuniy kriptoaktivlar savdosi bilan shug‘ullanganlikda gumon qilinayotgan shaxs fosh etildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchining yashash xonadoni ko‘zdan kechirilib, bir dona noutbuk, ikkita mobil telefon hamda 43 ta bank plastik kartasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, mazkur texnika vositalari va bank kartalari orqali umumiy qiymati 500 ming AQSH dollariga teng USDT kriptoaktivlari bilan noqonuniy operatsiyalar amalga oshirilgan.

Tergov davom etmoqda

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278−8-moddasi — kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Ayni vaqtda ish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid