«Hech qaysi tomon xursand emas»: Zelenskiy muzokaralarning ehtimoliy sanalarini aytdi

Kecha 22:301 daqiqa

Ukraina Prezidenti Voladimir Zelenskiy Rossiya bilan nizoni hal qilish bo‘yicha navbatdagi muzokaralarning ehtimoliy sanasini aytdi.

«Hech qaysi tomon xursand emas»: Zelenskiy muzokaralarning ehtimoliy sanalarini aytdi

Voladimir Zelenskiy Amerika Qo‘shma Shtatlarining kelasi hafta navbatdagi muzokaralar raundini o‘tkazish taklifini qabul qilgan. Ukraina yetakchisi ehtimoliy sanalar sifatida 17 yoki 18-fevral kunlarini ko‘rsatdi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi — Donbassda erkin iqtisodiy zona tashkil etish bo‘yicha Amerika tashabbusi bo‘ladi. Zelenskiyning ta’kidlashicha, Moskva ham, Kiyev ham bu g‘oyaga shubha bilan qaramoqda.

«Bu g‘oyadan hech qaysi tomon — na rossiyaliklar, na biz xursandmiz. Bu masalada qarashlarimiz turlicha. Shuning uchun navbatdagi uchrashuvda bu loyiha qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligini muhokama qilishga kelishib oldik», - dedi Ukraina Prezidenti.

Umumiy fon

Bundan oldin Zelenskiy AQSH ma’muriyati Ukrainadagi urushni shu yilning yozigacha yakunlash bo‘yicha kelishuvga erishishga umid qilayotganini aytgan edi.

Biroq, AQSHning NATOdagi elchisi Metyu Uitaker Zelenskiyning «tinchlik shartnomasi uchun aniq muddat belgilangani» haqidagi so‘zlarini rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy kelishuv uchun hali aniq vaqt cheklovlari qo‘yilmagan.

Teglar

Mavzuga oid