Logo

«IT Park» rezidentlarining xizmatlar eksporti 392,5 million dollarga yetdi

Kecha 20:201 daqiqa

Shuningdek, joriy yilning dastlabki olti oyida «IT Park» ishtirokchilari ko‘rsatgan bozor xizmatlarining umumiy hajmi 18,2 trillion so‘mga yetgan.

«IT Park» rezidentlarining xizmatlar eksporti 392,5 million dollarga yetdi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

2026 yilning yanvar—iyun oylari yakunlariga ko‘ra, «IT Park» ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilgan xizmatlar eksporti hajmi 392,5 million AQSH dollarini tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan 2025 yilning mos davriga nisbatan 90,3 million AQSH dollariga oshgan.

Bozor xizmatlari va investitsiyalar hajmi

Olingan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning dastlabki olti oyida mazkur texnopark ishtirokchilari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmi 18,2 trillion so‘mga yetgan.

Ma’lum qilinishicha, bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davri bilan taqqoslanganda 4,1 trillion so‘mga ko‘p.

Shu bilan birga, «IT Park» ishtirokchilari tomonidan barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar 647,5 milliard so‘mga yetgan.

Bu ko‘rsatkich 2025 yilning birinchi yarmiga nisbatan 352 milliard so‘mga oshgan.

Teglar

Mavzuga oid