Logo

Mehmonxona qurish va jihozlash uchun 50 million dollar ajratiladi

Bugun 18:002 daqiqa

Shuningdek, tadbirkorlarga 10 yil muddatga milliy valutada 16 foizli kredit beriladi.

Mehmonxona qurish va jihozlash uchun 50 million dollar ajratiladi

O‘zbekistonda turizm biznesiga yangi imtiyozlar beriladi. Bu haqda  Bu haqda Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Xorazmda o‘tkazilayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, yil boshidan beri O‘zbekistonga 8 million nafar xorijlik sayyoh tashrif buyurgan. Ularning mamlakatda o‘rtacha qolish muddati 8 kungacha uzaygan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar aholi daromadlarida yanada ko‘proq sezilishi lozimligini ta’kidladi. Shu maqsadda sohadagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi moliyaviy va soliq yengilliklari joriy etiladi.

Jumladan, mehmonxona qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun 50 million dollarlik resurs ajratiladi. Tadbirkorlarga ushbu mablag‘lar hisobidan 10 yil muddatga milliy valutada yillik 16 foizli kreditlar beriladi.

Subsidiya va soliq imtiyozlari

Uch, to‘rt va besh yulduzli mehmonxona qurish uchun subsidiya berish muddati yana ikki yilga uzaytiriladi. Shu bilan birga, subsidiya olish uchun mehmonxona toifasini tasdiqlashda xorijiy kompaniya xulosasini talab qilish amaliyoti bekor qilinadi.

Mehmonxonalar uchun yer va mol-mulk solig‘ini 10 barobar kamaytirilgan stavkada to‘lash imtiyozi 2030 yilgacha amal qiladi.

50 tadan ortiq joylashtirish o‘rniga ega mehmonxonalarga naqd valuta qabul qiladigan bankomatlar banklarning o‘zi tomonidan o‘rnatiladi.

Shuningdek, turoperatorlarning xorijlik sayyohlarga ko‘rsatgan xizmatlari eksportga tenglashtiriladi va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.

Turizm infratuzilmasini rivojlantirish doirasida turistik avtobus, elektrobus va mikroavtobuslarni olib kelishdagi bojxona imtiyozi yana bir yilga uzaytiriladi.

Bunday transport vositalari uchun utilizatsiya yig‘imi ham undirilmaydi. Bu turistik tashuvchilarning transport parklarini yangilashi va zamonaviy transport vositalarini xarid qilish xarajatlarini kamaytirishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid