Logo

O‘zbek banki ilovasi bilan yana to‘rt davlatda to‘lov qilish mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarboyjon milliy QR-to‘lov tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish mexanizmini ishlab chiqishga kelishdi.

O‘zbek banki ilovasi bilan yana to‘rt davlatda to‘lov qilish mumkin bo‘ladi

2026 yilning 22–23-oktabr kunlari Tojikistonda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarboyjon markaziy banklari vakillarining to‘lov tizimlarini rivojlantirishga bag‘ishlangan to‘rtinchi mintaqaviy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarboyjon markaziy banklari vakillari ishtirok etdi.

Besh davlatning to‘lov tizimlari birlashtiriladi

Qozog‘iston Milliy bankining ma’lum qilishicha, uchrashuv ishtirokchilari milliy QR-to‘lov tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish bo‘yicha Qozog‘iston tomoni taklif etgan yondashuvlarni bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan.

Tomonlar 2026 yil oxiriga qadar milliy QR-to‘lov tizimlarining o‘zaro ishlash mexanizmini aniq ishlab chiqishga kelishib olgan.

Mazkur tashabbus amalga oshirilsa, besh mamlakat fuqarolari xorijga safar qilgan vaqtda o‘zlari foydalanadigan bankning mobil ilovasi orqali QR-kodni skanerlab, tovar va xizmatlar uchun to‘lov qilishi mumkin bo‘ladi.

Shu bilan birga, ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida real vaqt rejimida pul jo‘natish va qabul qilish imkoniyatini yaratish ham ko‘zda tutilgan.

Tomonlar, shuningdek, to‘lov tizimlarining ishonchli ishlashini ta’minlash va to‘lov infratuzilmasini kiberhujumlardan himoya qilish, to‘lov tizimlarini nazorat qilishda sun’iy intellekt, «SupTech» va «RegTech» texnologiyalarini qo‘llash hamda firibgarlikka qarshi kurashishning dolzarb amaliyotlari kabi masalalarni ham muhokama qilgan.

Teglar

Mavzuga oid