add

O‘zbekistonda har ming aholiga 32 nafar tadbirkor to‘g‘ri keladi

Hududlar bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatining eng yuqori darajasi Xorazm viloyati va Toshkent shahrida qayd etilgan.

2025 yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda har ming aholiga 32,1 ta tadbirkorlik sub’ekti to‘g‘ri kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hududlar kesimida tadbirkorlik faoliyatining eng yuqori darajasi Xorazm viloyati (43,5) va Toshkent shahrida (43,4) qayd etilgan. Shuningdek, Sirdaryo (37,7), Buxoro (37,5) va Navoiy (36,2) viloyatlari ham tadbirkorlar soni bo‘yicha yetakchi hududlar qatoridan o‘rin olgan.

Andijon (36,0) va Jizzax (34,6) viloyatlarida ham tadbirkorlik faoliyatining o‘sish sur’atlari kuzatilmoqda. Ammo ayrim hududlarda bu ko‘rsatkich nisbatan past. Masalan, Qashqadaryo (26,1) va Surxondaryo (24,3) viloyatlarida har ming aholiga 25 nafardan ham kam tadbirkor to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida 62,2 mingta yangi kichik korxona va mikrofirma tashkil qilingani haqida xabar bergan edik.

Teglar: O‘zbekiston, tadbirkorlik, statistika

SEO title: O‘zbekistonda har ming aholiga 32 nafar tadbirkor to‘g‘ri keladi

Meta description: O‘zbekistonda har ming aholiga 32 nafar tadbirkor to‘g‘ri kelmoqda. Bunda eng yuqori ulush Xorazm va Toshkent shahrida qayd etilgan.

Hududlar bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatining eng yuqori darajasi Xorazm viloyati va Toshkent shahrida qayd etilgan.

2025 yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda har ming aholiga 32,1 ta tadbirkorlik sub’ekti to‘g‘ri kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hududlar kesimida tadbirkorlik faoliyatining eng yuqori darajasi Xorazm viloyati (43,5) va Toshkent shahrida (43,4) qayd etilgan. Shuningdek, Sirdaryo (37,7), Buxoro (37,5) va Navoiy (36,2) viloyatlari ham tadbirkorlar soni bo‘yicha yetakchi hududlar qatoridan o‘rin olgan.

Andijon (36,0) va Jizzax (34,6) viloyatlarida ham tadbirkorlik faoliyatining o‘sish sur’atlari kuzatilmoqda. Ammo ayrim hududlarda bu ko‘rsatkich nisbatan past. Masalan, Qashqadaryo (26,1) va Surxondaryo (24,3) viloyatlarida har ming aholiga 25 nafardan ham kam tadbirkor to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida 62,2 mingta yangi kichik korxona va mikrofirma tashkil qilingani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda har ming aholiga 32 nafar tadbirkor to‘g‘ri keladi | Vaqt.uz