add

O‘zbekistonda yil boshidan beri qo‘shimcha 5 trillion so‘m naqd pul chiqarildi

23.07.2025 | 20:4535094

Markaziy bank tomonidan joriy yilning 6 oyi mobaynida muomalaga qo‘shimcha 5,2 trln so‘m naqd pullar chiqarildi. Bu haqda bank e’lon qilgan sharhda keltirilgan.

O‘zbekistonda yil boshidan beri qo‘shimcha 5 trillion so‘m naqd pul chiqarildi
Qayd etilishicha, mavsumiy omillar ta’sirida naqd pulga bo‘lgan talabning ortishi natijasida banklarga tushgan naqd pullarning ularga bo‘lgan talab o‘rtasidagi farq Markaziy bank tomonidan muomalaga qo‘shimcha naqd pullarni chiqarish orqali ta’minlab borgan. 2025 yil 1 iyul holatiga umumiy pul massasidagi naqd pullarning ulushi 18,9 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 foiz bandga pasaygan. Bu umumiy iqtisodiyotda pul aylanma ko‘lami ortib bormoqda, lekin naqd pulning umumiy pullar ichidagi ulushi kamayotganini ko‘rsatadi. Bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar-iyun oylarida bank kartalariga 676 trln so‘m mablag‘lar kirim qilingan. Bu ko‘rsatkich 2024 yil mos davriga nisbatan 1,4 barobarga oshdi va ushbu davrda bank kartalaridagi 129 trln so‘m mablag‘lar naqdlashtirib olingan. 2025 yil yanvar-iyun oylarida bank kartalariga kelib tushgan mablag‘larning 19 foizi naqdlashtirib olingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davrida 23 foizni (2023 yilda 24 foizni) tashkil etgan. 2025 yil yanvar-iyun oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 563 trln so‘mni (naqd pul tushumlari – 277 trln so‘m, berilgan naqd pullar – 286 trln so‘m) tashkil etgani holda, 2024 yilning mos davriga nisbatan 23 foizga oshgan. «2025 yil yanvar-iyun oylarida umumiy pul tushumlari 491 trln so‘mni tashkil etib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 27 foizga o‘sgan. Hisobot davrida, umumiy pul tushumlarida terminal orqali tushumlar ulushi 2024 yil I-yarim yilligidagi 41 foizdan 43 foizga o‘sib, uning tarkibida savdo va xizmatlar sohasidan terminal tushumlari salmog‘i 45 foizdan 48 foizga oshishi kuzatildi», - deyiladi xabarda.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda yil boshidan beri qo‘shimcha 5 trillion so‘m naqd pul chiqarildi | Vaqt.uz