add

O‘zbekistonlik tadbirkor ayollar Mo‘g‘ilistondagi nufuzli forumda ishtirok etadi

25.08.2025 | 12:1518193

Mo‘g‘iliston poytaxti Ulan-Bator shahrida 25–27 avgust kunlari Jahon tadbirkor ayollari forumi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonlik tadbirkor ayollar Mo‘g‘ilistondagi nufuzli forumda ishtirok etadi
Forum Mo‘g‘iliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux tashabbusi bilan tashkil etilib, unda 100 ga yaqin davlatdan 500 dan ortiq tadbirkor va mutaxassislar ishtirok etishi kutilmoqda. O‘zbekistondan ham Savdo-sanoat palatasi boshchiligida bir guruh tadbirkor ayollar nufuzli anjumanda qatnashish uchun yo‘lga chiqdi. Uch kunlik tadbir doirasida ular asosiy majlislar bilan birga qator ikki tomonlama uchrashuv va hamkorlik sessiyalarida qatnashishi rejalashtirilgan. Forum tadbirkor ayollar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yangi aloqalar o‘rnatish va tajriba almashish uchun muhim maydon bo‘lishi kutilmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 43 860 tani tashkil etgan. Ulardan: — 17 239 tasi xizmatlar sohasida; — 17 161 tasi savdo yo‘nalishida; — 5 464 tasi sanoatda; — 3 996 tasi esa boshqa sohalarda faoliyat yuritmoqda. Ayol rahbarlar boshqaruvidagi korxona va firmalar mahsulot sotishdan 47,7 trln so‘mlik sof daromad olgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan qariyb 10,1 trln so‘mga ko‘pdir.  

Teglar

Mavzuga oid