add

Qiziqchi Nurlan Saburov Rossiyadan yarim asrga «badarg‘a» qilindi

Kecha 16:552 daqiqa

Moskvada qo‘lga olingan qozog‘istonlik san’atkorga qo‘yilgan taqiq Ukrainadagi urush bilan bog‘liq.

Qiziqchi Nurlan Saburov Rossiyadan yarim asrga «badarg‘a» qilindi

​Rossiya hukumati qozog‘istonlik qiziqchi Nurlan Saburovning mamlakatga kirishini 50 yilga taqiqladi. Bu haqda «RIA Novosti» davlat agentligi huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib xabar berdi. Mazkur ma’lumotni Rossiyaning boshqa OAVlari ham tasdiqlamoqda.

ыфигкщм



​Qayd etilishicha, ​6-fevral kuni Saburov BAAda reklama suratga olish ishlarida qatnashib Rossiyaga qaytgach, Vnukovo aeroportida ushlangan.

​Manbalarning bildirishicha, chegarachilar san’atkorni pasport nazorati vaqtida to‘xtatgan. Aeroportdan olingan videotasvirlarda Saburov o‘z advokati va mutasaddi shaxslar o‘rtasida muloqot o‘rnatilishini talab qilayotganini ko‘rish mumkin. Tekshiruvdan so‘ng unga mamlakatga kirish taqiqlangani haqida bildirishnoma topshirilgan.

Ushbu qaror yuzasidan rasmiy izoh berilmagan bo‘lsa-da, «RIA Novosti» manbalari buni bir qancha omillar bilan bog‘lamoqda.

​«TASS» va boshqa nashrlarning qayd etishicha, hukumat Saburovning ochiq bayonotlarini, jumladan, «maxsus harbiy operatsiya» (Rossiyada Ukrainaga qarshi urush shunday ataladi) tanqid qilinganini, shuningdek, migratsiya va soliq qonunchiligi buzilganini da’vo qilgan.

​Davlat agentliklarining ma’lumotiga ko‘ra, taqiq darhol kuchga kirgan va uzoq muddatli xarakterga ega.

​Bu san’atkor va migratsiya xizmatlari o‘rtasidagi birinchi nizo emas. O‘tgan yilning may oyida Saburov migratsiya qonunini buzgani uchun Sheremetevo aeroportida ushlangan edi. O‘shanda u 5 ming rubl miqdorida jarimaga tortilib, belgilangan muddatda mamlakatni tark etish majburiyati yuklangan. Keyinchalik manbalar qiziqchining Rossiya fuqaroligini olishga bo‘lgan bir necha urinishlari samarasiz yakunlanganini xabar qilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid