Logo

Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan uch nafar o‘zbekistonlikning jasadi vatanga qaytarildi

Bugun 20:511 daqiqa

Yo‘l-transport hodisasi 22-avgust kuni Qizilo‘rda shahri hududidan o‘tuvchi Shimkent–Samara avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan uch nafar o‘zbekistonlikning jasadi vatanga qaytarildi © Foto: dunyo.info

22-avgust kuni Qizilo‘rda shahridan o‘tuvchi Shimkent–Samara avtomobil yo‘lining Aqsay hududida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda «Dunyo» xabar berdi.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi voqea joyida halok bo‘lgan. Mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa haydovchining rul boshqaruvida uxlab qolishi natijasida yuk avtomobili bilan to‘qnashishi sababli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda halok bo‘lganlarning jasadlarini vatanga qaytarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rgan.

«Jumladan, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish hamda halok bo‘lgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlarini doimiy yashash joyi – Toshkent viloyatining Bekobod shahriga o‘z vaqtida yetkazish masalasi Qozog‘istonning vakolatli idoralari bilan tezkorlik bilan hal etildi», — deyiladi xabarda.

Teglar

Mavzuga oid