Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Koreya Milliy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi
Bugun 13:361 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yurt ozodligi va mustaqilligi yo‘lida jon fido qilgan vatanparvarlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatishdan boshlandi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Seuldagi Milliy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.
Davlat rahbari rafiqasi bilan birga yurt ozodligi va mustaqilligi yo‘lida jon fido qilgan vatanparvarlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatdi.
Shavkat Mirziyoyev Xotira ustuni poyiga gulchambar qo‘ydi. Shuningdek, Faxriy mehmonlar kitobida yozuv qoldirdi.





