Logo

«Trastbank» — biznesingiz rivoji uchun ishonchli hamkor

Bugun 16:451 daqiqa

32 yildan buyon millionlab mijozlar ishonchini qozongan hamda ularga zamonaviy moliya xizmatlarni taklif etib kelayotgan «Trastbank» faoliyati qanday yo‘lga qo‘yilgan?

«Trastbank» — biznesingiz rivoji uchun ishonchli hamkor

10-sentabr kuni «Trastbank» OAV vakillari uchun press-tur tashkil etdi. Tashrif davomida jurnalistlar bank ofisidagi sharoitlar hamda uning xizmatlaridan foydalanayotgan mahalliy ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

1

4

Bugungi kunda «Trastbank» tizimida 13 ta bank xizmatlari ofisi faoliyat yuritmoqda. Bank aktivlari 19 trln 584 mlrd so‘mni, kapitali esa 4 trln 92 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Bank tomonidan xo‘jalik yurituvchi subektlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida faktoring xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu imkoniyat korxonalarga aylanma mablag‘larini tezkor to‘ldirish va ishlab chiqarishni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

2

Press-tur doirasida jurnalistlar 2026-yilda faktoring xizmatidan samarali foydalangan korxonalardan biri — «Fazo luxe» faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur korxona «Trastbank» tomonidan ajratilgan 10 milliard so‘mlik faktoring mablag‘i hisobiga ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirib, yangi ish o‘rinlarini yaratgan.

Hozirda korxonada 250 nafarga yaqin xodim, jumladan, yoshlar va xotin-qizlar faoliyat yuritmoqda.

5

Umuman olganda, «Trastbank»ning qulay va tezkor xizmatlari hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish hamda bank tizimiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Batafsil ma’lumot www.trastbank.uz saytida.

Yoki 1287 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, bank mutaxassislaridan barcha savollaringizga javob oling.

«Trastbank» – ishonch bilan yuzma-yuz!

Reklama

Teglar

Mavzuga oid