«Biznesni rivojlantirish banki» ATB tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazyapti
«Biznesni rivojlantirish banki» ATB (BRB) rahbariyati tomonidan Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 3-sentabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida hududlarda qator uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

«Biznesni rivojlantirish banki» ATB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruhlarning hududlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlari faol davom etmoqda.


Prezident rahbarligida joriy yilning 3-sentabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar Buxoro viloyatining Jondor tumanida davom ettirildi. Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari O.Vohidov tumandagi mahalla bankirlari hamda hokim yordamchilari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi.


Mazkur muloqotda joylardagi real iqtisodiy vaziyat va muammolardan eng yaxshi xabardor bo‘lgan ushbu soha vakillarining fikr-mulohazalari hamda faoliyatidagi masalalar tinglandi. Uchrashuv yakunida hokim yordamchilari va mahalla bankirlarining tumanni yanada iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bildirgan barcha ma’lumot va takliflari to‘liq umumlashtirilib, tizimli hal etilishi uchun Respublika shtabiga yuborildi.
Reklama





