Sobiq ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov yangi lavozimga tayinlandi
Shu munosabat bilan Po‘lat Bobojonov prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimi va uning bo‘linmasi tugatildi.
© IIVPo‘lat Razzaqovich Bobojonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, prezident administratsiyasi tuzilmasini maqbullashtirish ishlari doirasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimi va uning bo‘linmasi tugatildi;
— davlat mukofotlari va geraldika sohasida yagona davlat siyosatini yuritish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan yaqindan hamkorlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish Komplayens xizmatining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishi;
— mahalla instituti faoliyatining samaradorligini yanada oshirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmasining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishi etib belgilandi.
Bobojonov yangi lavozimga tayinlandi
Manbalarga ko‘ra, Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Bobojonov 2017 yildan 2025 yil mart oyiga qadar qariyb sakkiz yil O‘zbekiston ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
Vazirlikdan ketgach, u prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 2025 yil iyulida prezident administratsiyasidagi tuzilmaviy o‘zgarishlardan keyin faoliyatini prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari sifatida davom ettirgan.





