Tramp Oydagi obyektlardan biriga o‘z nomini bermoqchi
U AQSHda kosmik akademiya tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni ham imzoladi.
© ReutersSo‘nggi vaqtlarda AQSH prezidenti geografik obyektlarni qayta nomlash bo‘yicha ham tashabbuslar bilan chiqmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Oydagi obyektlardan biriga uning nomi berilishi mumkinligini aytdi. U bu haqda Texasdagi kosmik markazda Oydagi obyektlar muhokamasi chog‘ida ma’lum qildi.
«Ular shunga o‘xshash biror narsani mening nomimga atashlariga umid qilaman», — dedi Tramp.
Tadbir davomida AQSH prezidenti Artemis II missiyasi qo‘mondoni, amerikalik astronavt Rid Vaysman bilan uchrashdi. Tramp Oydagi kraterlardan biri Vaysmanning saraton kasalligidan vafot etgan rafiqasi Kerol sharafiga nomlanganini eslatdi.
AQSH prezidenti Oy odamlar haqidagi xotirani saqlashi mumkinligini ta’kidladi va Oydagi biror obyektga uning nomi berilishini ma’qullashini bildirdi. Tadbirda Tramp AQSHda kosmik akademiya tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni ham imzoladi.
So‘nggi vaqtlarda AQSH prezidenti geografik obyektlarni qayta nomlash bo‘yicha ham tashabbuslar bilan chiqmoqda. Avvalroq u Meksika qo‘ltig‘ini «Amerika qo‘ltig‘i» deb atashni taklif qilgan edi. Shuningdek, Kanada bilan savdo munosabatlaridagi keskinlik fonida u Ontario ko‘lini «Amerika ko‘li» deb qayta nomlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.
Trampning nomi Florida shtatidagi avtomobil yo‘li va aeroportga ham berilgan. Biroq Vashingtondagi Kennedi markazi fasadiga uning nomini qo‘shish tashabbusi keyinchalik sud qarori bilan bekor qilingan.





