
YeIdan moliyaviy zarba: Yandex, Ozon va T-Bank Yevropa bozoridan chiqarib yuborildi
22.07.2025 | 19:207823
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 18-sanksiyalar paketini qabul qildi. Unga ko‘ra, 22 ta bank, jumladan Yandex Bank, Ozon Bank va T-Bank YeI hududida faoliyat yuritishdan cheklandi.

2025 yil 18 iyul kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi — 18-sanksiyalar to‘plamini e’lon qildi. Yangi chora-tadbirlar asosan Rossiyaning moliyaviy, energetika va transport salohiyatini cheklashga qaratilgan.
Mazkur choralar doirasida 22 ta Rossiya banki YeIda faoliyat olib borish huquqidan mahrum etildi. Ularning ichida T-Bank, Yandex Bank va Ozon Bank kabi moliyaviy institutlar ham bor.
Yangi paketda «soya floti» — neft tashuvchi kemalar tarmog‘iga ham cheklovlar qo‘yildi. Yana 105 ta tanker sanksiyalarga duchor qilindi va umumiy ro‘yxatdagi kemalar soni 444 taga yetdi. Ushbu kemalar Rossiya neftini yashirincha eksport qilishda foydalanilayotgani qayd etilgan.
YeI, shuningdek, Rossiya nefti uchun belgilangan eksport narxining yuqori chegarasini bekor qilib, uni global narxdan 15 foizga past qilib belgiladi. Endilikda minimum narx $47,60 dan past bo‘lmasligi kerak. Bu sanksiya neft daromadlarini cheklash va bozor barqarorligini saqlashga qaratilgan.
Shu bilan birga, yangi sanksiyalar Rossiyaning gaz infratuzilmasiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi — jumladan, «Nord Stream» quvurlari orqali gaz yetkazib berish butunlay to‘xtatildi.





