
Oqdaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bugun 12:141 daqiqa
Amaldagi hokim Sherzod Qudratov o‘z arizasiga ko‘ra, tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.

Oqdaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda ishtrok etgan Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Oqdaryo tumani hokimi lavozimiga Temur Asomidinovich Mahmudov nomzodini taklif qildi. Deputatlar tomonidan mazkur taklif ma’qullandi va qaror qabul qilindi.
Amaldagi tuman hokimi Sherzod Qudratov o‘z arizasiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Ma’lum qilinishicha, Temur Mahmudov tayinlovga qadar 2023 yildan buyon Samarqand viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelgan.





