add

Apple arzon MacBook chiqarmoqchi

02.07.2025 | 18:4029503

Apple iPhone 16 Pro protsessoriga asoslangan arzon MacBook va 2027 yilda chiqarilishi rejalashtirilayotgan aqlli ko‘zoynaklari bilan mahsulotlarini diversifikatsiya qilmoqda. Bu loyihalar Everwin Precision uchun katta imkoniyat yaratishi mumkin.

Apple arzon MacBook chiqarmoqchi
Apple joriy yilning qish oylaridan arzon MacBook modelini ommaviy ishlab chiqarishni boshlaydi. Insayder Min-Chi Kuo xabariga ko‘ra, yangi noutbuk iPhone 16 Pro'dagi A18 Pro protsessori bilan jihozlanadi. 2026 yilda bu noutbukdan 5-7 million dona sotilishi kutilmoqda. Yangi MacBook taxminan 13 dyuymli ekranga ega bo‘ladi va to‘rt xil rangda — kumush, ko‘k, pink va sariq tarzda taqdim etiladi. Apple bu orqali 2026 yilda umumiy MacBook yetkazib berish hajmini pandemiya davridagi 25 million dona darajasiga qaytarishni maqsad qilmoqda. MacBook Pro korpuslarini yetkazib beruvchi Everwin Precision kompaniyasi arzon MacBook uchun ham asosiy yetkazib beruvchi bo‘ladi. Kompaniya 2026 yildan MacBook Air korpuslarini yetkazib berishni ham boshlashi kutilmoqda. Yana shu yili Everwin Precision'ning daromadi 15-20 foizga, foydasi esa 30-40 foizga o‘sishi mumkin. Bundan tashqari, Apple 2027 yilda yangi aqlli ko‘zoynaklarni taqdim etishi kutilmoqda. Ushbu qurilmada displey bo‘lmaydi, asosiy funksiyalar sifatida audio tinglash, kamera, video yozish va sun’iy intellekt orqali atrof-muhitni his qilish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. Ko‘zoynak ramkalari turli materiallardan ishlab chiqarilib, 3D bosma texnologiyasi orqali tayyorlanishi mumkin. 2027 yilda bu ko‘zoynaklarning 3-5 million dona sotilishi prognoz qilinmoqda. Everwin Precision Apple’ning bu mahsulotlari uchun korpus va ramkalarni ishlab chiqarish bo‘yicha asosiy hamkor sifatida belgilangan. Yaqin yillarda kompaniyaning faoliyati yangi buyurtmalar hisobiga sezilarli o‘sishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid