
Euronews O‘zbekistonda rasman ish boshladi — Toshkentda vakolatxona ochildi
30.06.2025 | 21:402831
Dunyoning nufuzli ommaviy axborot vositalaridan biri — Euronews bugun, 30 iyun kuni Toshkent shahrida o‘zining yangi vakolatxonasini ochdi.

«O‘zbekistonning ochiqligi, xalqaro hamkorlikka tayyorligi va global maydonda ishonchli hamkor maqomiga ega ekani yana bir bor namoyon bo‘ldi», — deyiladi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Vazirlik Euronews O‘zbekistonning vazmin siyosatini Yevropa va jahon hamjamiyatiga samarali yetkazishiga ishonch bildirgan.





