Logo

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida dizel, bitum va aviakerosin ishlab chiqarish oshdi

Kecha 20:251 daqiqa

Yil oxiriga qadar zavod yuklamasini 40 foizdan 65 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida dizel, bitum va aviakerosin ishlab chiqarish oshdi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida (FNQIZ) asosiy texnologik qurilmalar ta’mirlangani natijasida dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish hajmi 30 foizga, bitum 60 foizga, aviakerosin esa 5 barobarga oshdi. Bu haqda 5-oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga neft va gaz tarmog‘ida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar yuzasidan qilingan taqdimotda ma’lum qilindi.

Taqdimot davomida ushbu yirik loyiha doirasida zavodda ishlab chiqarishni ko‘paytirish va uni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berilgan.

Zavod yuklamasi 65 foizga yetkaziladi

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil oxiriga qadar Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining ishlab chiqarish yuklamasi 40 foizdan 65 foizga yetkaziladi. Keyinchalik bu ko‘rsatkichni yanada oshirib borish ko‘zda tutilgan.
Kelgusida zavodni xomashyo bilan barqaror ta’minlash, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish hamda korxona qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha keng qamrovli tadbirlar amalga oshiriladi.

Davlat rahbari soha mutasaddilariga yirik loyihalarni puxta hisob-kitob va aniq moliyalashtirish manbalari asosida olib borish kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, tarmoq korxonalari faoliyatida samaradorlikka alohida e’tibor berish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Teglar

Mavzuga oid