Logo

Ichki ishlar vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Bugun 10:251 daqiqa

Timur Ismailov O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari va Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i etib tayinlandi. Undan avval bu lavozimni egallagan Bekmurod Abdullayev 2025-yil noyabrida ishdan olingan va u sud qilinmoqda.

Ichki ishlar vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi © IIV

O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan polkovnik Timur Ismailov Kamalitdinovich ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Shu munosabat bilan u Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, Bekmurod Abdullayev 2025-yilning 3-noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti qarori bilan lavozimidan bo‘shatilgandi.

2026-yilning 27-yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Ichki ishlar vazirligi tizimidagi davlat xaridlarida 186 milliard so‘m budjet mablag‘i o‘zlashtirilgani aniqlangani ma’lum qilingan. Holat yuzasidan vazir o‘rinbosari B. Abdullayev va Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i R. Tursunovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

2026-yilning 16-aprel kuni davlat manfaatlariga yetkazilgan zararni qoplagani munosabati bilan 7 nafar sobiq mulozim, xususan, Bekmurod Abdullayev va Rustam Tursunov hibsdan ozod qilingani haqida xabar berildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Abdullayevning ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda. U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish)ning bir qator qism va bandlari bo‘yicha ayblanmoqda. Mazkur jinoyat ishi doirasida Bekmurod Abdullayev bilan birga jami 30 nafar shaxs sudlanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Ichki ishlar vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi | Vaqt.uz