add

Italiya 2026 yildan O‘zbekiston fuqarolari uchun 1500 ish o‘rni ajratadi

05.06.2025 | 08:3123003

Italiya hukumati O‘zbekistondan keladigan mutaxassislar uchun alohida migratsiya kvotasini joriy etishga qaror qildi. Bu haqda mamlakatning Migratsiya agentligi ma’lum qildi.

Italiya 2026 yildan O‘zbekiston fuqarolari uchun 1500 ish o‘rni ajratadi
Qaror Italiya elchisi Piyergabriele Papadiya de Bottinining Toshkentda O‘zbekiston Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev bilan o‘tkazgan muzokaralari doirasida e’lon qilindi. Uchrashuvda 29 may kuni imzolangan mehnat migratsiyasi va mobillik bo‘yicha anglashuv memorandumini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Italyan diplomati mazkur hujjatni «tarixiy ahamiyatga ega» deb baholar ekan, uning tez fursatda to‘liq amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston migratsiya sohasida to‘plagan tajribasi bilan Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlarga namuna bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, Italiya iqtisodiyoti turizm, muhandislik va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoj sezmoqda. Shu bois, 2026 yildan boshlab mamlakat 1500 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis uchun rasmiy ish o‘rni kvotasi ajratadi. Piyergabriele de Bottini shuningdek, Italiyada O‘zbekistondan noqonuniy migrantlar yo‘qligini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, bu omil hamkorlikni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Spot.uz nashrining yozishicha, may oyida O‘zbekiston Sloveniya bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha ham shartnoma imzolash niyatida ekani ma’lum qilingan edi. Unga ko‘ra, 1500 nafargacha o‘zbekistonlik ishchi Sloveniyada oyiga 1100 yevro maosh bilan ishlash imkoniga ega bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid