MKBANK – Brand International Awards'26 sovrindori

Bugun 19:002 daqiqa

Mikrokreditbank Brand Awards International 2026 mukofotida “O‘zbekistonda bank xizmatlarini transformatsiya qilish, raqamli moliyaviy yechimlarni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashdagi yutuqlari uchun” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

MKBANK – Brand International Awards'26 sovrindori

O‘zbekiston – kuchli brendlar yurti. 16 may kuni shunday shior ostida IX Brand Awards International xalqaro mukofoti bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi mukofotda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, AQSH, Turkiya va Germaniyadan 78 ta brend qatnashgani mazkur mukofotning xalqaro maqomi va biznes tomondan qiziqish o‘sib borayotganini tasdiqlaydi.

Mikrokreditbank Brand Awards International 2026 mukofotida “O‘zbekistonda bank xizmatlarini transformatsiya qilish, raqamli moliyaviy yechimlarni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashdagi yutuqlari uchun” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.

“Bugun Mikrokreditbank O‘zbekistonda raqamli transformatsiyani amalga oshirish, onlayn xizmatlarni bank mijozlariga taqdim etish yo‘nalishi bo‘yicha sovrinni qabul qilib oldik. Biz bundan juda ham mamnunmiz. Bu Mikrokreditbankning kichik, chakana hamda o‘rta biznes yo‘nalishidagi mijozlarimizning ishonchi ortidan qabul qilinayotgan yutuq hamda Mikrokreditbankning barcha xodimlarining yutug‘i deb hisoblaymiz”, deydi Mikrokreditbankning tarmoqlar, savdo va xizmatlarni boshqarish departamenti direktori Maqsud Allanazarov.

Mikrokreditbank yaqinda 20 yilligini nishonladi. 20 yil davomida kichik biznes hamda chakana yo‘nalish bo‘yicha mijozlarga imkoniyatlar ko‘plab berilmoqda. Bunda tadbirkorlar uchun alohida, chakana yo‘nalish bo‘yicha alohida xizmatlarni taqdim qilmoqda. Onlayn platformalar bo‘yicha ham barcha xizmatlarni joriy qilib kelmoqda.

Brand Awards International brendlarning o‘tgan yildagi real yutuqlari qayd etiladigan asosiy maydondir. Bank sektori va riteyldan to ishlab chiqarish, texnologiyalar va xizmatlargacha – turli tarmoqlarga mansub kompaniyalar mukofot qatnashchilari sanaladi.

 

Reklama huquqi asosida

Teglar

Mavzuga oid