add

O‘zbekistonda yirik qurilish ishlari hajmi 27,5 foizga oshdi

16.12.2025 | 12:553721 daqiqa

2025 yilning yanvar—oktabr oylarida O‘zbekistonda yirik qurilish tashkilotlari 61,6 trln so‘mlik ishlar bajardi, bu o‘tgan yilga nisbatan 27,5 foizga ko‘p.

O‘zbekistonda yirik qurilish ishlari hajmi 27,5 foizga oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yirik qurilish kompaniyalari hissasiga to‘g‘ri kelayotgan ishlar hajmi yil davomida izchil oshib borgan. Bu holat mamlakatda amalga oshirilayotgan infratuzilmaviy, sanoat va shaharsozlik loyihalari ko‘lami kengayib borayotgani bilan bog‘liq.

Yillar kesimida tahlil qilinganda, qurilish sohasida sezilarli o‘sish dinamikasi kuzatiladi. Jumladan,

2021 yilning yanvar—oktabr oylarida 22,7 trln so‘m;

2022 yilning yanvar—oktabr oylarida 28,2 trln so‘m;

2023 yilning yanvar—oktabr oylarida 29,9 trln so‘m;

2024 yilning yanvar—oktabr oylarida 45,5 trln so‘mlik yirik qurilish ishlari amalga oshirilgan.

2025 yilda esa mazkur ko‘rsatkich 61,6 trln so‘mga yetib, besh yillik davrda eng yuqori natija qayd etildi. Bu 2021 yilga nisbatan qariyb uch baravar o‘sish demakdir.

Bunday o‘sish davlat investitsiya dasturlari, yirik infratuzilma loyihalari, yangi sanoat zonalari qurilishi hamda xususiy sektor ishtirokining faollashuvi bilan izohlamoqda. Shu bilan birga, qurilish sohasida moliyalashtirish manbalari kengayib, yirik kompaniyalar faoliyati barqarorlashgani ham o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Teglar

Mavzuga oid