add

Qozog‘istonda AES qurilishiga «Rosatom» bosh quruvchi etib tayinlandi

15.06.2025 | 13:0019062

Rossiyaning «Rosatom» kompaniyasi Qozog‘istonda quriladigan atom elektr stansiyasi bo‘yicha xalqaro konsorsiumga boshchilik qiladi. Loyihaga Yevropa va Osiyo kompaniyalari ham jalb etilgan.

Qozog‘istonda AES qurilishiga «Rosatom» bosh quruvchi etib tayinlandi
Qozog‘iston atom energetika agentligi «Rosatom» kompaniyasini Olmaota viloyatida quriladigan atom elektr stansiyasi loyihasini amalga oshiruvchi konsorsium rahbari sifatida tanladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi. Loyiha tanlovida Xitoyning CNNC kompaniyasi ikkinchi o‘rinni, Fransiyaning EDF va Janubiy Koreyaning KHNP kompaniyalari esa uchinchi o‘rinni egalladi. Tanlovda fransiyalik Assystem injiniring kompaniyasi ham qatnashib, baholash metodologiyasini ishlab chiqqan. Bayonotda loyiha «xalqaro» maqomga ega ekani besh marta ta’kidlangan. Bu, jumladan, konsorsium tarkibi va metodologik yondashuvlarga ham taalluqlidir. Muhim jihatlardan biri sifatida Rossiya tomonining moliyaviy kafolat berishi aytib o‘tilgan. «Rosatom» taklifiga ko‘ra, loyiha uchun Rossiya Federatsiyasi davlat eksport moliyalashtirish vositalarini ishga solishi mumkin. Ayni paytda AESda ikkita energoblokdan iborat bo‘lishi kutilmoqda. Loyihaning aniq qiymati va muddatlari esa keyinroq e’lon qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid