Qurilishda o‘sish, sanoatda pasayish: O‘zbekistonda 2026 yilgi biznes muhiti qanday bo‘lyapti?

23.02.2026 | 18:002 daqiqa

Mamlakatda biznes muhiti indeksi 64 bandga yetdi va bir yilda 23 foizga oshdi. Qurilish va xizmatlar sektorida o‘sish qayd etilgan bo‘lsa, sanoatda biznes sharoitlari yomonlashgan.

Qurilishda o‘sish, sanoatda pasayish: O‘zbekistonda 2026 yilgi biznes muhiti qanday bo‘lyapti?

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mamlakat bo‘ylab tadbirkorlar o‘rtasida mamlakatdagi biznes muhitini tahlil qilish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazdi.

Natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonning yig‘ma biznes-muhit indeksi −100 dan +100 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha 64 bandni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025 yil darajasiga nisbatan 23 foizga yuqori.

1

Biznes-muhitidagi o‘sish asosan 2026 yildagi holat bo‘yicha baholarning yaxshilanishi hisobiga sodir bo‘ldi — 28 foizlik o‘sish. Qisqa muddatli istiqbollar bo‘yicha ham tadbirkorlarda optimizm kuchaygan.

So‘rovda qatnashgan kompaniyalarning 22 foizi ishchilar sonini ko‘paytirgan. Kelasi chorakda xodimlar sonini ko‘paytirishni reja qilgan kompaniyalar ulushi 65 foizgacha ko‘tarilgan (o‘tgan yili 58 foiz edi).

Tarmoqlar kesimida o‘tgan yilga nisbatan biznes-muhitning yaxshilanishi qurilish, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasida kuzatildi. Sanoatda esa pasayish qayd etilgan.

2

Qishloq xo‘jaligi va qurilish

Qishloq xo‘jaligi sohasida biznes-muhit indeksi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 62 foizga oshdi. Ko‘rsatkich 2025 yil yanvardagi 48 banddan joriy yilda 77 bandga yetdi.

Shunga qaramay, so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligining O‘zbekiston iqtisodiyotidagi ulushi qisqarmoqda va bu 2025 yilda ham davom etdi.

2024 yilda iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligi ulushi 24,1 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib bu ko‘rsatkich 17,1 foizgacha pasaydi. Iqtisodiyot asosan xizmatlar va sanoat hisobiga shakllanmoqda.

Qurilish sohasida biznes-muhit o‘tgan yilga nisbatan 13 foizga o‘sib, 54 banddan 61 bandga yetdi. So‘rovda qatnashgan qurilish sohasi vakillarining 38 foizi oxirgi uch oyda biznes holati yaxshilanganini ma’lum qilgan.

Xodimlar soni oshganini bildirgan korxonalar ulushi 22 foizdan 38 foizgacha ko‘tarildi. Kelgusi uch oyda talab o‘sishini tadbirkorlarning 77 foizi kutmoqda (o‘tgan yil yanvar oyida — 61 foiz).

Xizmatlar va sanoat

Xizmatlar sohasida biznes-muhit o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 25 foizga o‘sib, 52 banddan 65 bandga yetdi.

Biznesning kelgusi uch oy uchun kutilmalari ijobiy deya qayd etilgan. Tadbirkorlarning 70 foizi xizmatlariga talab oshishini kutmoqda (2025 yilda 58 foiz).

Sanoat sohasida biznes-muhit o‘tgan yilga nisbatan 5 foizga pasaydi va 54 band bo‘ldi. Ammo kutilmalar 10 foizga oshib, 78 bandga yetgan.

3

Biznesdagi to‘siqlar

So‘rov natijalariga ko‘ra, tadbirkorlar orasida biznes uchun soliq yuki (11 foiz), kommunal xizmatlar (9 foiz) va kredit resurslaridan foydalanish imkoniyati (8 foiz) eng katta to‘siq deb qayd etilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda inflyatsion kutilmalar pasayib borayotgani haqida xabar berilgandi.

Teglar

Fozil Qambarov

Fozil QambarovMaqolalar soni: 130

Barchasi

Mavzuga oid