To‘qayev: Qozog‘iston «superprezidentlik» boshqaruv shakli bilan xayrlashdi

10.02.2026 | 19:512 daqiqa

Prezidentning aytishicha, Qozog‘istonning siyosiy tizimi asosiga «Kuchli prezident – ta’sirli parlament – hisobdor hukumat» konsepsiyasi joriy etiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatni boshqarish tizimi mutlaqo yangi asosda yaratiladi.

To‘qayev: Qozog‘iston «superprezidentlik» boshqaruv shakli bilan xayrlashdi

Qozog‘iston barham topayotgan «superprezidentlik» boshqaruv shaklidan prezidentlik respublikasiga to‘liq o‘tmoqda. Bu haqda davlat rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev bugun, 10-fevral kuni hukumatning kengaytirilgan majlisida ma’lum qildi.

«Yangi Konstitutsiya loyihasida belgilangan me’yorlar Qozog‘iston siyosiy tizimining rivojlanish izchilligi va mantig‘ini, “Kuchli prezident – ta’sirli parlament – hisobdor hukumat” konsepsiyasi asosida mustahkamlaydi. Co‘nggi yillardagi siyosiy islohotlarga keng qamrovli nazar tashlasak, Qozog‘iston superprezidentlik boshqaruv shakli bilan batamom xayrlashib, nufuzli va ta’sirli parlamentga tayanadigan prezidentlik respublikasiga o‘tayotganini ko‘rish mumkin», – dedi To‘qayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, taklif etilayotgan islohotlar bu jarayonni tabiiy ravishda davom ettiradi va so‘nggi yillardagi siyosiy yangilanishlar, jumladan 2022 yilgi konstitutsion o‘zgarishlar bilan birga, davlatning konstitutsion asoslarini to‘liq qayta ishga tushirish zaruratini kun tartibiga qo‘yadi.

«Aslida gap mamlakatni boshqarishning yangi tizimini yaratish haqida bormoqda. Yangi Konstitutsiyadagi yangiliklar hokimiyat vakolatlarini qayta taqsimlash, muvozanat va tekshiruv tizimini yanada muvozanatli qilish hamda, eng muhimi, barcha siyosiy institutlarning samaradorligi va barqarorligini oshirish imkonini beradi. Yangi Konstitutsiya loyihasida «inson davlat uchun emas, davlat inson uchun» tamoyili yanada aniq va his etiladigan shakl kasb etgan. Biz 2019 yildan beri izchil ravishda aynan shu maqsad sari harakat qilyapmiz»», – dedi To‘qayev.

Konstitutsion islohot

Qozog‘istonning yangi Konstitutsiya loyihasi allaqachon e’lon qilindi: respublika hokimiyati amal qilayotgan 101 moddaning 77 tasiga o‘zgartishlar kiritmoqchi. Islohotni amalga oshirish bilan Konstitutsiya sudi raisi boshchiligidagi 130 a’zodan iborat konstitutsiyaviy komissiya shug‘ullanmoqda.

Islohotning boshlang‘ich nuqtasi 2025 yil 8-sentabrda To‘qayevning xalqqa murojaatida aytilgan bir palatali parlamentqa o‘tish tashabbusi bo‘ldi. Hozirda Qozog‘iston parlamenti ikki palatali – senat va majilisdan iborat.

Islohotlarga sabab 2022 yil yanvarda boshlangan ommaviy noroziliklar bo‘ldi. Ular mamlakatning janubiy g‘arbidagi Janaozen shahrida qator qiyosiy gaz narxlari keskin oshishi tufayli boshlanib, qisqa vaqt ichida boshqa yirik shaharlarga ham tarqaldi. Noroziliklar davomida vayrongarlik va zo‘ravonliklar yuz berdi. Iqtisodiy talablardan boshlangan noroziliklar so‘ng siyosiy talablarga aylandi. Xususan, hukumatning iste’fosi va birinchi prezident (1991–2019) Nursulton Nazarboyevning siyosatdan chiqishi talab qilindi. Noroziliklarni bostirishda 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgani aytiladi.

Teglar

Mavzuga oid