2026 yilda o‘zbekistonliklar eng ko‘p qayerlarga safar qilmoqda?

Bugun 20:401 daqiqa

Uch oyda ichida 1,6 mlndan ortiq o‘zbekistonlik chet elga safar qilgan.

2026 yilda o‘zbekistonliklar eng ko‘p qayerlarga safar qilmoqda? © Uzbekistan Airports

2026 yilning birinchi choragida O‘zbekiston fuqarolarining xorijga safarlari sezilarli oshdi. Milliy Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar–mart oylarida 1,6 milliondan ortiq o‘zbekistonlik turistik maqsadlarda chet elga chiqqan.

Jami 1 631 234 nafar fuqaro xorijga safar qilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,3 foizga yoki qariyb 111,6 ming nafarga ko‘pdir. Ko‘rsatkichlar aholi o‘rtasida sayohatga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Qo‘shni davlatlar yetakchi

Safar yo‘nalishlari orasida an’anaviy ravishda qo‘shni davlatlar ustunlik qilmoqda. Eng ko‘p tashrif buyurilgan mamlakat — Qirg‘iziston bo‘lib, u yerga 660 579 nafar o‘zbekistonlik borgan. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (284 024 nafar) va Tojikiston (282 040 nafar) qayd etilgan.

Ziyorat turizmi bo‘yicha Saudiya Arabistoni ham yuqori o‘rinni egallab, bu mamlakatga 136 060 nafar fuqaro safar qilgan. Shuningdek, Rossiya (88 267 nafar) va Turkiya (52 199 nafar) ham mashhur yo‘nalishlar qatorida qolmoqda.

Dam olish va yangi yo‘nalishlar

Dam olish maqsadida BAA (28 125 nafar), Xitoy (15 844 nafar), Tailand (13 839 nafar) va Misr (12 186 nafar)ga safarlar ham ommalashmoqda.

Teglar

Mavzuga oid