Ho‘rmuz ochilgandan so‘ng neft narxi keskin tushdi

Bugun 08:551 daqiqa

Erondagi urush oqibatida jahon bozorida neft narxi ko‘p yillik eng yuqori ko‘rsatkichlarga ko‘tarilgan edi.

Ho‘rmuz ochilgandan so‘ng neft narxi keskin tushdi

Jahon neft bozorida keskin o‘zgarish qayd etildi. «Brent» nefti narxi bir barrel uchun 89–90 dollargacha tushdi.

«Yahoo Finance» ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 17:56 da narx 89,55 dollar atrofida shakllangan bo‘lib, bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan qariyb 10 foizga kamdir.

Narxning pasayishi Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi tomonidan Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini barcha tijorat kemalari uchun qayta ochiq deb e’lon qilganidan keyin boshlandi.

Bu qaror bozorda ta’minot barqarorlashishiga oid kutilmalarni kuchaytirdi.

Yuqori narxlardan pasayish

Avvalroq, AQSH va Isroil bilan mojaro avj olgan paytda neft narxi keskin oshgan edi. Xususan, 9-mart kuni «Brent» nefti bir barrel uchun qariyb 120 dollargacha yetgan.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali dunyo neft ta’minotining taxminan 20 foizi o‘tadi. Shu sababli, uning yopilishi bozorda jiddiy tanqislikka olib kelgan va kunlik taxminan 15 million barrel neft ta’minoti uzilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid