add

Xitoylik olimlar inson tanasidan elektr olish imkonini yaratdi

05.09.2025 | 13:0027073

Yangi texnologiya odam tanasidan chiqadigan issiqlikni elektr energiyasiga aylantirishi mumkin.

Xitoylik olimlar inson tanasidan elektr olish imkonini yaratdi
Xitoylik olimlar dunyoda ilk bor inson tanasining haroratidan elektr energiyasi ishlab chiqara oladigan «termoelektr rezina»ni ixtiro qilishdi. Bu kashfiyot kelgusida aqlli soatlar, tibbiy sensorlar va turli kiyib yuradigan qurilmalarni uzluksiz quvvat bilan ta’minlashi mumkin, deya xabar bermoqda South China Morning Post. Pekin universiteti tadqiqotchilari ishlab chiqqan material yarimo‘tkazgich polimerlar va elastik rezina uyg‘unligiga asoslangan. Nanotola tarmog‘i tuzilishi tufayli u yuqori elektr o‘tkazuvchanlikni saqlagan holda 850 foizgacha cho‘zilishi mumkin. Shaklini 90 foizgacha tiklash xususiyati esa uni tabiiy rezinaga yaqinlashtiradi. Olimlar ta’kidlashicha, bundan oldingi termoelektrik materiallar yo qattiq, yoki cho‘zilganda samarasiz bo‘lgan. Yangi texnologiya esa tananing 37 daraja atrofidagi issiqligi va tashqi muhit harorati o‘rtasidagi farqdan elektr energiyasi olish imkonini beradi. Bu jarayon Vatt ixtiro qilgan bug‘ dvigatelidagi kabi issiqlikdan energiya olish prinsipiga asoslangan. Mutaxassislarning fikricha, ushbu material kiyim-kechakka joriy etilsa, telefonni qo‘l cho‘ntagidan quvvatlash mumkin bo‘ladi. Shuningdek, u organizm haroratini tashqi muhitga uzatib, kiyimning o‘zini ham konditsioner vazifasida ishlatish imkonini berishi mumkin. Tibbiy sohada ham qo‘llanish ehtimoli katta. Masalan, yurak-qon tomir tekshiruvlarida bemor haftalab batareyali uskunalar taqishiga to‘g‘ri keladi. Yangi rezina esa batareyasiz, tanaga yaqin joylashtirilgan sensorlarga uzluksiz quvvat berishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

Xitoylik olimlar inson tanasidan elektr olish imkonini yaratdi | Vaqt.uz