Baxtiyor Saidov Ko‘rfaz arab davlatlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Bugun 22:211 daqiqa

Uchrashuvda Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha fikr almashilgan.

Baxtiyor Saidov Ko‘rfaz arab davlatlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi © Foto: t.me/bakhtiyor_saidov

Tashqi ishlar vazirligida BAA, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Qatar va O‘monning diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.

«Uchrashuvda Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha fikr almashdik. Mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotgan holatlar yuzasidan xavotir bildirib, keskinlikning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek barcha nizolarni diplomatik yo‘llar orqali hamda xalqaro huquq normalariga muvofiq hal etish muhimligini ta’kidladik. O‘zbekiston bilan Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» formati doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini ham muhokama qildik», - deya yozdi O‘zbekiston tashqi siyosati yetakchisi.

Teglar

Mavzuga oid