Logo

Britaniya bosh vaziri lavozimga kirishganidan ikki hafta o‘tib ta’tilga chiqdi

Bugun 22:182 daqiqa

Uning bu qarori siyosiy raqiblari tomonidan «mas’uliyatdan qochish» va «davlat boshqaruviga nojiddiy munosabat» deya baholanmoqda.

Britaniya bosh vaziri lavozimga kirishganidan ikki hafta o‘tib ta’tilga chiqdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Endi Byornem lavozimga kirishganidan ikki hafta o‘tib ta’tilga chiqdi. U oilasi bilan vaqt o‘tkazishi uchun kundalik vazifalaridan qisqa muddatga tanaffus olgan, biroq hukumat ishlarini masofadan turib boshqarishda davom etadi. Bu haqda «The Telegraph» nashri xabar berdi.

Dauning-strit matbuot xizmatiga ko‘ra, Byornem rasmiylar bilan doimiy aloqada bo‘ladi, uchrashuvlar o‘tkazadi hamda hukumat faoliyati yuzasidan muntazam ma’lumot olib turadi.

«Hukumat odatdagidek ishlashda davom etadi. Bosh vazir rasmiylar bilan aloqada bo‘ladi, uchrashuvlar o‘tkazadi va hukumat ishlari bo‘yicha muntazam axborot oladi», — deyiladi bosh vazir matbuot xizmati bayonotida.

Nashrning yozishicha, Dauning-strit Byornem va uning oilasi qayerga yo‘l olgani hamda ta’til qancha davom etishiga oydinlik kiritmagan.

Byornemning ta’tili tanqidlarga sabab bo‘ldi


«The Telegraph» ma’lumotiga ko‘ra, bosh vazir yo‘qligida Birinchi davlat kotibi Luiza Heyg shu hafta ish faoliyatini davom ettiradi. Uning lavozimi texnik jihatdan hukumatdagi eng yuqori maqom hisoblanadi. Biroq Vazirlar Mahkamasidagi manba bu holat Heyg hukumatni boshqaradi, degani emasligini, chunki Bernem qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etishda davom etishini bildirgan.

Bernemning ta’tili «Reform UK» partiyasi raisi Li Anderson tomonidan tanqid qilindi.

«Ish boshlaganiga endigina ikki hafta bo‘ldi hamki, Endi Byornxem allaqachon hammasidan to‘ydi. Moliyaviy manbasi yo‘q bir qator va’dalaridan voz kechib va 2000 dan ortiq noqonuniy migrantlarning mamlakatimizga bostirib kirishiga tomoshabin bo‘lib turgach, u xorijga kayf-safo qilgani qochib qoldi. Bu davlatni boshqarishga jiddiy yondashadigan Bosh vazir emas», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi nashr.

Nashr ta’kidlashicha, Buyuk Britaniyada parlament ta’tilda bo‘ladigan avgust oyida bosh vazirlarning qisqa muddatli dam olishi odatiy hol hisoblanadi.

Avvalroq Kir Starmer ham 2024 yil yozida bosh vazirlikka kirishganidan besh hafta o‘tib ta’tilga chiqishni rejalashtirgan edi. Biroq Sautportdagi qotilliklardan keyin mamlakatda boshlangan tartibsizliklar sabab rejasini bekor qilgan. Keyinchalik u yangi yilda Madeyraga safar qilgan, o‘tgan avgustda esa Shotlandiyadagi ta’tilini Donald Tramp bilan Ukraina masalasi bo‘yicha muzokaralar uchun to‘xtatgan.

Teglar

Mavzuga oid

Britaniya bosh vaziri lavozimga kirishganidan ikki hafta o‘tib ta’tilga chiqdi | Vaqt.uz